📞 +998 71 123 45 68

NIZOMI

Markaziy  Osiyo davlatlarining  “Ijodiy parvoz”  «Tvorcheskiy polet» talaba-yoshlar xalqaro kino festivali

NIZOMI

1-bob. Konsepsiyasi

Bugungi kunda dunyo aholisining qariyb 20 foizini yoshlar tashkil qiladi. O‘zbekistonda esa, bu ko‘rsatkich 54 foizni tashkil etishi yoshlarni xalqimiz, davlatimizning bebaho boyligiga aylantirgan. Ular uchun barcha shart-sharoit, imtiyozlar, imkoniyatlar va qulayliklar eshigi keng ochilib, yoshlarga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda.

Mamlakatimizda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida mustahkam huquqiy baza yaratildi. Xususan, bugungi kunda yoshlar masalalariga doir 100 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilinib, ularga turli sohalarga oid 200 dan ortiq imtiyoz va imkoniyatlar yaratib berildi.

2017 yilda muhtaram Yurtboshimiz tashabbuslari bilan
30 iyun – “Yoshlar kuni” etib belgilangani yoshlar uchun o‘ziga xos quvonchli bayram bo‘lish bilan birga, ularni yangi, yuksak marralarga chorlovchi, jonajon vatanimizga sadoqatini yanada kuchaytiruvchi beqiyos rag‘bat bo‘ladi.

2017 yil 25 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n birinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonun ma’qullangani mamlakatimizda yoshlar siyosati oqilona olib borilayotganining huquqiy ifodasi bo‘ldi.

Mamlakatimizda “Yoshlar kuni”ning keng nishonlanishi jamiyatimiz va davlatimizning yoshlar siyosatidagi qat’iy irodasini namoyon etib, mazmun-mohiyati va ahamiyatiga ko‘ra nafaqat yurtimiz yoshlari, balki butun xalqimiz manfaatlariga xizmat qilishi shubhasiz.

Davlatimiz rahbari 2019 yil 27 dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda bo‘lib o‘tgan yoshlar bilan uchrashuvda: “Yangi O‘zbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz. 2020 yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili bo‘ladi”, deb ta’kidladi.